Tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabr kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlariga muvofiq tasdiqlangan reja asosida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari ishtirokida yoshlarni ulug‘ allomalarimizga munosib avlod etib tarbiyalash, ularni yot oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish maqsadida “Termiziylar avlodimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvlarda, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan “Termiziylar avlodimiz” shiori ostida yoshlarni ulug‘ allomalarimizga munosib avlod etib tarbiyalash, ularni yot oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish hamda Termiziylar faoliyati, ularning asarlari to‘g‘risida ma’ruzalar qilindi va yoshlarni qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javoblar berildi.
Targ‘ibot tadbirlari ta’lim muassasalarida davom etadi.