Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Sariosiyo tuman bo‘yicha mutaxassisi J.Ma’murov, Sariosiyo IIB Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri T.O'zbekov hamkorligida Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab internatida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati hamda "25-Kadr" namoyishi o‘tkazildi.
Tadbirda, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar, noqonuniy diniy ta’lim va ularni oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Ushbu uchrashuvlar faol savol-javob shaklida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Targ‘ibot tadbiri joylarda davom etadi.