Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo‘limi Sariosiyo tuman inspektor-psixologlari, tuman IIB yoshlar bilan ishlash XPB katta inspektori A.Dobilov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi 18-sonli umumta’lim maktabning 10- 11 sinf o'quvchilari ishtirokida “Yangi yilni betalofat,falokatsiz o‘tkazaylik”, "Biz o‘quvchi yoshlar huquqbuzarliklarga qarshimiz" mavzusida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari va davra suhbati o'tkazildi.
Shuningdek, o'quvchi-yoshlarga pirotexnika vositalaridan foydalanmasligi bo'yicha "Reyd vaqtida" video roligi qo'yib berildi.