Sariosiyo tumanida sog‘lom oila, sog‘lom jamiyat g‘oyasi asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova hamda viloyat IIB xotin-qizlar yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari U.Eshimova, tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari A.Saidnazarov, tuman Tibbiyot birlashmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari M.Kurbonov, tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Toshmatova hamda mahalladagi xotin-qizlar faollari patronaj hamshiralari ishtirok etdi.
Unda, oiladagi tibbiy madaniyatni rivojlantirish ona va bola salomatligi yo‘lida qilinishi belgilangan vazifalar, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida turli hildagi onkologik kasalliklarni barvaqt aniqlash, onalar o‘limi, bolalar o‘limi holatlarini keskin kamaytirish, tug‘rug‘lar o‘rtasidagi intervallarga amal qilsih hamda nogiron farzandlar tug‘ilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida fikrlar almashildi.