Sariosiyo tumanida qatag‘on qurbonlari yod etildi!
O‘zbekistonda 2001 yildan buyon 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlab kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida joriy yilning 1-sentyabr kuni tuman hokimi Abduqodir Donayev tumandagi Terakzor mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilib o‘tgan, qatag‘on yillari qurboni bo‘lgan vatandoshlarimiz yashab o‘tgan Bobjonov Holnazar bobo hamda Sarijar mahallasida istiqomat qilgan Rahimov Holmurod boboning xonadonlarda bo‘lib, ularning xotirasi yod etilib, ruhi-poklariga qur’on tilovat qilindi.
O‘tmishini bilmaganning kelajagi bo‘lmaydi, degan xalqimizning dono gapi bor.
E’tiborlisi, ushbu 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni xayriya tadbiri o‘sha mudhish qatag‘on qurbonlariga aylangan yurtdosh ota-bobolarimiz yashab o‘tgan Sariosiyo tumanining barcha qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tmoqda.