Sariosiyo tuman Madaniyat markazida tashkil etilgan bayram tadbirida OKMK Xondiza kon boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mita Saidov Kamoliddin Jumayevich ishtirok etib, mehnat jamoasini ayyom bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirda so‘z olgan “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tumani bo‘limi raisi S.Qosimov jamoani qutlug‘ sana bilan muborakbod etib, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.
Bayram tadbirida tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturini namoyish etdi. Kuy-qo‘shiqlarga ulangan bayram tadbiri barchaga xush kayfiyat ulashdi.
Tadbirda bir guruh faol ishchi-xodimlar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.