Sariosiyo tumani hokimligi-Sariosiyo tumanida navbatdagi “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi! 2024-yil 18-aprel
...
18.04.2024
92 marta o'qildi

Aholi turmush darajasini yaxshilash, ishsizlikni oldini olish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, joriy yilning 18-aprel kuni Surxondaryo viloyat prokuraturasi hamda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, Sariosiyo tuman prokuraturasi va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

 

Yarmarkada, tumandagi 28 ta korxona va tashkilotlar 501 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 61 nafar ishsiz fuqarolar qatnashib, shulardan 13 nafari yoshlarni, 41 nafari esa ayollarni tashkil etdi. Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 34 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlandi.

 

Bundan tashqari, 27 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish masalasida mehnat qonunchiligi yuzasidan maslahatlar berildi.



1 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?