2020-yil iyun oyida Prezident tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi. Unga koʻra, 15-aprel - Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni etib belgilandi.
Sana yurtimiz boʻylab keng miqyosda nishonlanib kelinadi. Xususan, Sariosiyo tumanida ham “Madaniyat va san’at xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Unda, tuman hokimining o‘rinbosari A.Qurbonov, tuman Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo'rabekova, sektor rahbarlari hamda madaniyat va san’at xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida, oʻzlarining mashaqqatli xizmatlari bilan xalqimizga xush kayfiyat ulashishda oʻz hissalarini qoʻshib kelayotgan sohaga aloqador bir guruh madaniyat va san’at tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Mamlakatimizda madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirish, oʻzbek milliy madaniyati va sanʼati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh isteʼdod egalarining qobiliyati va salohiyatini roʻyobga chiqarish borasida fidokorona mehnat qilgan va yuqori natijalarga erishgan yurtdoshlarimiz aynan mana shu bayram kunida eʼzoz va hurmatga sazovor boʻlishadi.