Tuman Madaniyat markazida jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolaridan biri, buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Unda yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda, yurtimizda buyuk alloma va mutafakkirlarning ijodiy merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotgani, Boburning betakror she’riyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma’lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egaligini aytib o'tildi.
Shundan so'ng tuman madaniyat xodimlari va musiqa va san'at maktabi ijodiy jamoasi tomonidan mutafakkirning boy madaniy merosini keng targ'ib qilish maqsadida shoir asarlaridan parchalar o‘qildi, san’atkorlar tomonidan Bobur g‘azallari bilan aytiladigan mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.