...
23.03.2025
0 marta o'qildi

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi  jamoasi ham  faol ishtirok etmoqda.

 

2025-yilning bahor mavsumida mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekish maqsadida yer maydonlari tayyorlanib, 160 dona mevali daraxt koʻchatlari, 110 dona manzarali daraxt koʻchatlari hamda 150 dona gul ko'chatlari ekildi.

 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, daraxt ko'chatlari hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog'lar hosil qilish va ko'kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olingan.

 

Bu yilning bahor mavsumini oʻzida tumanning barcha maktab va bogʻchalar atrofida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekilishi rejalashtirilgan.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?