Sariosiyo tumani delegasiyasi Tojikistonda Navro‘z bayrami tadbirlarida ishtirok etdi
Tojikiston va O‘zbekistonni nafaqat yaqin qo‘shnichilik aloqalari birlashtirib turadi, balki qadim qadriyatlar ham ikki mamlakat xalqlarini yanada yaqinlashtiradi.
Tuman hokimi o‘rinbosarlari boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonning Tursunzoda shaharida bo‘lishdi. Tashrifdan maqsad qo‘shni davlatda nishonlanayotgan Navro‘z tantanalarida ishtirok etish, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, qadriyatlar mushtarakligini yanada bardavom etishdan iboratdir.
Tumanimiz delegatsiya a’zolari Tojikistonning diqqatga sazovor joylarida ham bo‘lishib, qo‘shni davlatda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishishdi.
Tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Shuhrat Qalandarov bayram tadbirida ishtirok etib tuman hokimini Navro‘z bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.