“Bo'ston” madaniyat markazida tashkil etilgan bayram tantanasida Navro‘zni, tinchlik va osoyishtalikni, ona Vatanni tarannum etuvchi quy-qo‘shiqlar yangradi.
Navro‘z bu - tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom, keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona!
Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan, qadim zamonlardan buyon elimiz ardoqlab kelayotgan, yurtimizni ulug‘lab ko‘klarga ko‘tarib kelayotgan bayramdir.