Bugun, 28-mart kuni tuman prokurori 2-sektor rahbari B.Oltibayev ishtirokida tumandagi “Xalqobod” mahallasidagi 62-sonli umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning otalari bilan “otalar yig‘ilishi” o‘tkazildi.
“Otalar yig‘ilishi”da otalarning farzand tarbiyasi, odob-axloqi va farzand kelajagiga befarq munosabatda bo‘lmasliklari haqida ta’kidlandi.
Shuningdek, sektor rahbari tomonidan maktab o‘quvchilariga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.