Tibbiyot birlashmasi boshligʻi A.Saidnazarov rahbarligida Shirin mahallasi hududida joylashgan 64-sonli oilaviy poliklinikada sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulga kelolmagan yotib qolgan bemorlarning uyiga borib tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib dori darmon bilan taʼminlandi.
Qabulda, 10 nafarga yaqin fuqarolarning tibbiyot sohasiga hamda boshqa masalalarga yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi, shuningdek qabul davomida yo‘llangan murojaatlarning ayrimlari shu yerda o‘z yechimini topgan bo‘lsada, qolgan murojaatlarning yechimi yuzasidan muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.