Sariosiyo tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan hududdagi har bir ta’lim muassasasining 2024-yilda erishgan natijalari tahlil qilinib, 2025-yil uchun dasturi belgilanmoqda.
Xususan, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i T.O‘zbekov tumandagi 20-,54-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim muassasasi rahbari va o‘rinbosarlarining yillik hisobotlarini tingladi. Bunda 2024-yil davomida maktabda ta’lim sifatini yaxshilash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Shuningdek, maktab jamoalarining 2025-yil uchun tayyorlagan dasturi ham taqdimot qilindi. Ushbu amaliyot tumandagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida davom etadi.