Sariosiyo tumani hokimligi-Sangardak mahallasida tuman hokimi aholi va yoshlar bilan uchrashdi
...
19.07.2024
73 marta o'qildi

Aholi bilan doimiy muloqot qilishning samarali mexanizmi joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

Xususan, Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev xalq bilan doimiy muloqot olib borish, aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning qiynab kelayotgan muammolarni chuqur o‘rganish va hal qilish maqsadida Sangardak mahallasidagi aholi va yoshlar bilan uchrashdi hamda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Qabulda, tumandagi tegishli aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Sangardak mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.

 

Sayyor qabul jarayonida, tuman hokimi A.Donayev tomonidan ijro intizomi, soliq tushumlari, obodonlashtirish ishlari, jinoyatchilikni oldini olish, kommunal to‘lovlar hamda mahallada aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Qabul davomida, fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?