San‘at sohasi vakillarini yod etib
Tariximiz o‘z sahifalaridan vatan uchun hayotini va jonini fido qilgan insonlar nomini unutmay, ularga buyuk hurmat va ehtirom etishga undaydi. 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bugun tuman Madaniyat markazida "Xotira muqaddas-qadr aziz" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Madaniyat va san'at sohasida faoliyat yuritib soha rivojiga hissa qo‘shgan vakillar yod etildi.
Tadbir davomida qo'shni Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan Abduvahob Toshmatov, Denov tumanidan Alijon Eshonqulov, Uzun tumanidan Mamasharif Berdiyevlarning badiiy chiqishlari tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.