Sariosiyo tuman Madaniyat markazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Rossiya Federatsiyasida konchilik yo‘nalishi bo‘yicha ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.
Tanlovda konchilik yo‘nalishi bo‘yicha ishlash istagi bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Shuningdek, tanlovda korxona vakili fuqarolarga ish sharoitlari, oylik maoshi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchilar tomonidan tanlab olindi.