Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda viloyat hokimining o‘rinbosari I.Saparov tumanning Dashnobod hududi Sarijar mahallasida yangidan qurilgan 100 qatnovli oilaviy poliklinika binosining jihozlash, ichki va tashqi fasad qismlarida ta'mirlash ishlarining amalga oshirish jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Shunga ko‘ra, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga qurilish va obodonlashtirish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.