Sariosiyo tumani hokimligi-Qurilish ishlari o‘rganildi.
...
09.07.2024
76 marta o'qildi

Bosh prokuratura boshqarma prokurori B.Yo‘ldoshev hamda Surxondaryo viloyat prokuraturasi qurilish shtabi tomonidan Sariosiyo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.12.2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli Qaror asosida "Diydor" mahallasidagi 10-sonli MTT, Bo‘rapusht mahallasidagi 20-sonli umumta’lim maktabi qo‘shimcha binosi, Kelajak sari mahallasidagi 19-sonli umumta’lim maktabi qo‘shimcha binosi hamda va Sarijar mahallasidagi 180 o‘rinli yangi MTT binosi qurilish ishlari o‘rganildi.

 

Tumandagi barcha qurilish obyektlari ustidan kameral nazorati o‘rnatilgan bo‘lib, viloyat qurilish shtabi va tuman shtabi tomonidan kuzatib borilmoqda.

 

Shuningdek, barcha mas’ul shaxslarga va tashkilotlarga qurilish-ta’mirlash ishlarini loyiha-smeta hujjatlari asosida muddatida bajarish, sifatsiz ishlar va qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?