Seminarda, g‘alla parvarishi, fermerlik harakati, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish, 2023-yil hosili uchun chigit ekish mavsumiga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlarni bajarish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish orqali ish samaradorligini oshirish bo'yicha sohaga oid ilmiy va amaliy yangiliklar xususida to'xtalib o'tildi hamda muammo va takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasidagi ilg'or inovatsiyalarni qo'llagan holda zamonaviy usulda mahsulot yetishtirishning afzalliklari, sarf harajatning qisqarishi, unumli hosil olish bo'yicha kerakli tavsiyalar berilgan holda soha vakillari o'zaro tajriba almashdi.