Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Abduqodir Donayev, viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i D.Tangriyev, qishloq va suv xo‘jaligiga mas’ul rahbarlar hamda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, tuman hokimi tomonidan mas’ullarga g‘o‘za parvarishi, xususan, ozuqalash, sug‘orish va hozirgi issiq ob-havoda hosilni saqlab qolish, uni ko‘paytirish hamda go‘za qator oralariga ishlov berish, jumladan g'alladan bo'shagan maydonlarni ishsiz yoshlarga ikkinchi ekin ekish uchun ajratib berish yuzasidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga reja asosida ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.