“Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi H.Normatov hamda 25-sonli umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etamiz” tamoyili asosida “Qatag‘on qurbonlari – vatan fidoyilari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar, tarixiy haqiqatni qaror toptirish, Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning suyukli farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish, tadqiq va targ‘ib etish maqsadida mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr mulohazalar bildirildi.
Yurtboshimiz aytganlaridek, “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan ezgu g‘oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yo‘li-bilim va ma’rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar.