21 oktyabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi bayrami munosabati bilan tumandagi umumta’lim maktablarida “Qadring baland bo‘lsin Ona tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek til bayrami kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilari tomonidan ona tilini madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etilib barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.