Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda har bir mas‘ulga yoshlar biriktirilib ular bilan doimiy ishlash vazifasi yuklatilgan edi.
Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida Sariosiyo tumani 2-sektor rahbari N.V.Azizovga biriktirilgan yoshlarning takliflari va muammolarini aniqlab bartaraf etish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda har bir yosh bilan suhbat olib borilib murojaatlari tinglandi. Aksariyat murojaatlar shu yerda o‘z yechimini topgan bo‘lsa qolgan vaqt va mablag‘ talab qiluvchi murojaatlar mas‘ullarga yo‘naltirildi. Ayrim moddiy mablag‘ bilan bog‘liq muammosi bor yoshlarga xomiylik mablag‘lari orqali amaliy yordam ko‘rsatish masalasi kelishib olindi.