Xalqimiz «mehr ko‘zda» deganidek, sizlar bilan ko‘rishib, hormanglar deb keldim, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Adolatli hakam bo‘lsa, aytish mumkinki, Sirdaryoda ham o‘zgarish bo‘layapti. Lekin zamon shunday shiddat bilan o‘tayaptiki, odamlarning niyatlari ilgarilab ketyapti. Shunga yarasha sharoit yaratish, xalqimiz talabini qondirish uchun yangi-yangi rejalar qilishimiz kerak. Bugun aziz Sirdaryo ahliga rahmat aytish bilan birga, erishilayotgan natijalar bardavom bo‘lishi uchun, tumanlarning, odamlarning biri ikki bo‘lishi uchun zarur yo‘nalishlarni belgilagani keldik.