Yangi yil bayrami yaqinlashgan sari ko'cha-ko'yda bolalar tomonidan turli pirotexnika vositalaridan foydalanish hollari ko'payadi. Bu matoh bolalar qo'liga tushib qolsa, favqulodda vaziyatlar, jumladan, yong'in keltirib chiqarishi, odamlarga og'ir jarohat etkazishi mumkin.
Shu bois joylarda xususan Sariosiyo tumanida ham ushbu ayanchli holatlarni oldini olish maqsadida bir qator targ'ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Jinoyat ishlari bo'yicha Sariosiyo tuman sudi tomonidan pirotexnika vosiytalarining noqonuniy savdosining oldi olinib, bir qator fuqarolar ma'muriy javobgarlikka tortildi. Eng achinarli holat ushbu pirotexnika vositalarini ota-onalarning farzandlariga bayram tuhfasi sifatida taqdim etayotganidir.
Ota-onalar unutmang e'tiborsizlik farzandingiz hayoti va sog'ligiga katta xavf solishi mumkin.