Sariosiyo tumani hokimligi-Otalar majlisi bo'lib o'tdi
...
05.05.2023
178 marta o'qildi

Otalar majlisi bo'lib o'tdi
Farzand kamolida, uning ertangi kunida ota tarbiyasi g'oyat muhim o'rin tutadi. Shu bois O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 13 mart kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida viloyatda yakshanba kunini «ota-onalarning farzand qabul kuni» deb e’lon qilishni taklif etgan edi. Ushbu taklifning ijobiy samarasi o'laroq bugun tumandagi 30 ta umumta'lim maktablarida "Otalar yig'ilishi" bo'lib o'tdi.
Mazkur yig'ilishida otaning farzand o’rtasidagi o’zaro uyg’un munosabatlarda ta’lim va tarbiya masalalariga mas’uliyat hissini kuchaytirish,  farzandiga ilm olishida bajarilishi lozim bo’lgan shart-sharoitlarni yaratib berish, ma'lum bir vaqtda farzand ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanish bo'yicha kerakli tavsiyalarni berdi hamda otalarning farzandlari xavfsizligini ta'minlash, ilm olishida qo'shimcha imkoniyatlarni yaratish borasida taklif va murojaatlarini tingladi.
Shuningdek, maktabda o'zining bilimi va iqtidori bilan namuna bo'lgan o'quvchilarning otalariga maktab ma'muriyatining tashakkurnomalari topshirildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?