O‘zbekistonning kuchli ijtimoiy siyosatida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
Sariosiyo tumani, Konchilar mahallasi Sharg‘un Madaniyat uyida “O‘zbekistonning kuchli ijtimoiy siyosatida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi inson huquqlari bo‘yicha Surxondaryodagi vakili A.Artikov, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari A.Qurbonov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i G‘.Davlatov, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Sariosiyo tumani rahbari S.Avazov, tuman Adliya bo‘limi vakili, “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov, mahalla raislari, yoshlar yetakchilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, mamlakatimizda ijtimoiy sohada olib borilayotgan tub islohotlar, xususan, aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida fuqarolarning xabardorligini oshirishga qaratilgan.