Maqsad – jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish
Tumanimizda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi faoliyatni kuchaytirishga qaratilgan tungi reyd tashkil etildi.
Maqsad – jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, bu boradagi amaliy ishlarda mas’uliyatni oshirish ko‘zda tutilgan.
Tadbirda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda barcha hamjihatlikda harakat qilishi hamda targ‘ibot ishlarini kuchaytirishi lozimligi ta’kidlandi. Zero, loqaydlik va beparvolik bor joyda jinoyatlar soni ham keskin oshib ketaveradi.