Qirg‘iziston rahbari mamlakat yetakchisiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Samarqandda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini qayd etdi.
Prezidentlar strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan sermahsul ikki tomonlama hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini ta’kidladi. O‘zaro savdo jadal o‘sib bormoqda, yil boshidan uning hajmi 30 foizga oshdi.
Sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida qo‘shma kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.
Butun Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga xizmat qiladigan “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li va Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi hamda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.