Sariosiyo tumanida 17-30 yoshli o‘smirlar va ayollar o‘rtasida 5 tashabbus olimpiadasi doirasida sportning gandbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi” uchun sektor bosqichi musobaqalariga start berildi.
1- va 2- sektorlar mahallalari o‘rtasida tashkil etilgan musobaqalarda mahallalardan tashrif buyurgan jamoalar o‘zaro bellashib, quyidagi natijalarni qayd etishdi.
1-sektor hududidan
1-o‘rinni Ehtirom mahallasi yoshlari;
2-o‘rinni Gulobod mahallasi yoshlari;
3-o‘rinni Bog‘iobod mahallasi yoshlari qo‘lga kiritdi.
2-sektor hududidan
1-o‘rinni Anorzor mahallasi yoshlari;
2-o‘rinni Shohjahon mahallasi yoshlari;
3-o‘rinni Yoqutlibog‘ mahallasi yoshlari qo‘lga kiritdi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga tuman bosqichiga yo‘llanmalar berildi.