Sariosiyo tumani hokimligi-O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan barpo etilgan zamonaviy “Sangardak” sanatoriysi foydalanishga topshirildi
...
16.09.2023
130 marta o'qildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan barpo etilgan zamonaviy “Sangardak” sanatoriysi foydalanishga topshirildi

O‘zbekistonning eng janubiy hududi – Surxondaryo viloyati markazi Termizdan deyarli 200 chaqirimlik masofadagi Sariosiyo tumanida joylashgan so‘lim maskanlardan biri – Sangardak qishlog‘ining “Navro‘zdara” mahallasi hududida bundan 3 yil avval Prezidentimiz tashabbusi bilan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 200 o‘rinli “Sangardak” sanatoriysi qurilishiga ta’mal toshi qo‘yilgan edi.

Sihatgoh dengiz sathidan 1054 metr balandlikda, ulkan tog‘lar yonbag‘rida barpo etilgani bois qiya relyefli maydonlarda murakkab sharoitlardagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Purviqor tog‘lar orasida eng zamonaviy va me’moriy yechimlar asosida barpo etilgan mazkur jahon andozalari talablari darajasidagi sog‘lomlashtirish maskani xalqimiz uchun Prezidentimizning munosib tuhfasi bo‘ldi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?