Sariosiyo tumani Sharg‘un shahri 5-umumta‘lim maktabida ijtimoiy-ma‘naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy bag‘rikenglik hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Sariosiyo tumani bosh mutaxassisi Jonibek Mamurov, tuman IIB mas‘ul xodimi, ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Sariosiyo tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi, o‘quvchi hamda o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yoshlarning muammo va takliflari hamda diniy muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ehtiyot bo‘lish mavzularida so‘z yuritildi. Shuningdek, dinimizning asl mohiyatini hamda ekstremizm va terorizmning salbiy oqibatlari, jaholatga qarshi ma'rifat xususida batafsil ma‘lumot berildi.