Sariosiyo tumani Madaniyat markazida "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturida Sariosiyo tuman hokimi, hokimning sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, Xalq ta‘lim bo‘limi xodimlari, o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etdi.
Tadbirni Sariosiyo tuman hokimi Xujaqulov Abdisalom Pardayevich boshlab bergan holda tumanda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi va murabbiylarni bugungi ayyom bilan qutlab ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘shgan hissasi, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda erishgan, yuksak natija ko'rsatgan bir guruh ustozlar hamda faol o‘qituvchilarni faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
Shuningdek, madaniyat xodimlari tomonidan taqdim etilgan kuy va qo'shiqlar, sahnalashtirilgan chiqishlar barchaga ko'tarinki kayfiyat ulashdi.