“Nuroniy” jamgʻarmasi Sariosiyo tuman boʻlimi raisi S.Qosimov va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tuman boʻlinmasi hamkorligida tumanning 30-sonli umumta’lim maktabida “Nuroniylar tarbiyaviy soati” oʻtkazildi.
“Nuroniy” jamgʻarmasi Sariosiyo tuman boʻlimi raisi S.Qosimov mazkur tarbiyaviy soat darsida, “Ikki til va bir kasb” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlarning sifati va samaradorligi hamda oʻquvchilarni ilmga va kasbga qiziqtirish, yoshlarda vatanga boʻlgan muhabbat hissini shakllantirish maqsadida maruza qildilar.
Ushbu ta’lim muassasasida “Ikki til va bir kasb” tamoyili asosida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan ingliz va rus tili darslarida ishtirok etib, dars jarayonlarini ham kuzatdilar.