O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakillantirish chora—tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga ko‘ra bugun, Sariosiyo tuman hokimining o’rinbosari M.Ochildiyev tomonidan “Yangi O‘zbekiston” massivida faoliyat yuritayotgan tadbirkor va ishchi xodimlarga 2023-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan jismoniy shaxslar uchun ijtimoiy soliq summasining eng kam miqdori oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizdan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha kamaytirilishi yuzasidan qarorning mazmun mohiyati hamda uning ustivorliklari bo’yicha targ’ibot va tashviqot ishlari olib borildi.