Surxondaryo viloyati prokuraturasi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilayotgan paralimpiyada sport turlari bo‘yicha musobaqaning Sariosiyo tuman saralash bosqichi o‘tkazildi.
Tuman prokuraturasi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tuman bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamkorligida tashkil etilgan musobaqada nogironligi bo‘lgan yosh sportchilar ishtirok etib, sportning yengil atletika, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Yakunda qatnashchi va g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.