Sariosiyo tuman Niloba mahallasidagi 55-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Karimov boshchiligida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda, tumandagi aloqador tashkilot va korxona rahbarlari, Niloba mahallasi faollari hamda fuqarolari ishtirok etishdi.
Sayyor qabul davomida, fuqarolar tomonidan ichimlik suv ta’minotini yaxshilash, yangi transformator o‘rnatish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, shartnoma to‘lovi yuzasidan yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi.