Sariosiyo tumanida Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda
Sariosiyo tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy - shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf tavalludining 583-yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda, Nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari “Keksalar maslahat” guruhi, ijtimoiy faol nuroniylar, yoshlar hamda o‘qituvchi ustozlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, ijtimoiy faol nuroniylar M.Murodullayev va “Keksalar maslahat” guruhi a’zosi R.Xursanovlar Alisher Navoiyning ijodi bugungi yosh avlodning ma’naviy hayotida tutgan o‘rni, uning turkiy til mavqeyini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyatlarini jahonga ko‘rsatish borasidagi ezgu fazilatlari, shuningdek, ajdodlarimizning dunyo tarixida amalga oshirgan buyuk ishlari haqida ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbir davomida, o‘quvchi yoshlar tomonidan Navoiy g‘azallaridan baytlar, tuman Madaniyat bo‘limi ijodkorlari va xonandalar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.