Mazkur tadbirda tuman hokimi Abduqodir Donayev, tuman prokurori Nodir Azizov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sariosiyo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirasi Oydin Jo‘rabekova, yoshlar, harbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Sheʼriy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy gʻoyalarni, ona tilimizning beqiyos soʻz boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etgan Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi misolida oʻzbek adabiyoti va madaniyatini chuqur oʻrganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi tadbirda ham tuman madaniyat xodimlari va musiqa va san'at maktabi ijodiy jamoasi tomonidan mutafakkirning boy madaniy merosini keng targ'ib qilish maqsadida shoir asarlaridan parchalar o‘qildi, san’atkorlar tomonidan Navoiy g‘azallari bilan aytiladigan mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.