Sariosiyo tumani Sebzor mahallasida tuman hokimi Abduqodir Donayev rahbarligida “Sayyor qabul” o‘tkazildi. Qabulda tuman tashkilot rahbarlari va Sebzor mahallasi fuqarolari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etishdi.
Qabul davomida, fuqarolar tomonidan aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, yoshlarni o‘quv markazlarida o‘qitish hamda yorugʻlik signali beradigan elektr qurilma (svetafor) o‘rnatish kabi masalalarda yo‘llangan murojaatlar ro‘yxatga olinib, tegishli tartibda ijroga qaratildi. Murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha muddat belgilanib, mas’ullarga vazifa yuklandi.