Sariosiyo tumani hokimligi-Navbatdagi “Prokuror va yoshlar uchrashuvi” hamda “Sayyor qabul” o‘tkazildi.
...
21.08.2024
49 marta o'qildi

Sariosiyo tumani 2-sektor hududidagi Sharafobod mahallasining tog‘li “Chinor” qishlog‘ida yashovchi fuqarolarning murojaatlarini joyiga borgan holda o‘rganish va hal etish maqsadida tuman prokurori B.Oltibayev, prokuror o‘rinbosari A.To‘rayevlar tomonidan navbatdagi prokuror va yoshlar uchrashuvi hamda fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

 

Mahallada tashkil etilgan ochiq muloqot davomida fuqarolarning turli masalalardagi 2 ta murojaatlari joyida hal etilib, 7 ta murojaatlari esa mas’ullarga qonuniy hal qilishlik uchun yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?