Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda tuman hokimi Abduqodir Donayev tuman Xalq qabulxonasi mudirasi O.Jo‘rabekova, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, aloqador korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabulda ijtimoiy himoya, davolanish uchun yo‘llanma, subsidiya ajratish kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 27 nafar fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib oʻtamiz, tuman hokimining fuqarolar qabuli haftaning har Seshanba kuni boʻlib oʻtadi.