Sariosiyo tumani hokimligi-Murojaatnoma o‘qib eshittirildi va mazmun mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi!
...
27.09.2024
44 marta o'qildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va “Nuroniy” jamg‘armasi Respublika Boshqaruvining O‘zbekiston xalqiga murojaati qabul qilingan edi.

 

Bugun, 27-sentabr kuni “Nuroniy” jamg‘armasi Sariosiyo tuman bo‘limi raisi S.Qosimov tomonidan tumandagi 28-sonli umumta’lim maktab o‘qituvchi va ijtimoiy faol nuroniylar ishtirokida murojaat o‘qib eshittirilib, Murojaatnomada Prezidentimiz tashabbuslari bilan bundan buyon aholi daromadlarini oshirish eng muhim vazifalaridan biri sifatida belgilangani, kambag‘allik jamiyatning umummilliy safarbarligi, shunday istak va intilish bilan yashashi hisobiga kamayishi, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ushbu masala bo‘yicha maxsus “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ishlab chiqilayotgani alohida ta’kidlandi.

 

Jamiyatda hech bir kishi bu ishga befarq qarab turmasligi zarurligi, bu muammoni bartaraf etish jamiyatning barcha a’zosiga daxldor masala ekanligi qayd etilib, shu aziz yurtni chin qalbdan sevadigan har bir insonni shu muqaddas g‘oya, olijanob tashabbus atrofida birlashishga chaqirildi.

 

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga murojaatnoma mazmun-mohiyati hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tushunchalar berildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?