Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va mehr-oqibat, saxovat kabi ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan Navro‘zi olam eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi.
Xususan, bugun Sariosiyo tumanidagi 80-sonli umumta’lim maktabida bayram munosabati bilan “Milliylik yoshlar talqinida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Unda tuman hokimligi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, tuman Maktabgacha va maktab bo‘limi mas’ullari, pedagog xodimlar, o‘quvchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari va keng jamoatchilik a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda, o‘quvchu-yoshlar tomonidan qadimiy urf-odatlarimizni tarannum etuvchi chiqishlar, milliy kuy va qo‘shiqlar, laparlar ijro etildi.
– Bu kabi tadbirlar insonlarning bir-biriga bo‘lgan mehr-oqibatni yanada mustahkamlaydi deydi, – shu maktabda o‘qib tahsil olgan va hozirgi kunda Alfraganus universiteti talabasi F.Hasanov. – Tadbirda mahalla yoshlari ham faol ishtirok etishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Chunki, bu farzandlarimiz qalbida qadimiy urf-odatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi.