Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam.
Xususan, Sariosiyo tumanida o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Milliy liboslar - millatimiz ko‘rki!” mavzudagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir keng nishonlandi.
Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan tumandagi ijtimoiy tarmoq faollari, jurnalist va blogerlar go‘zal milliy liboslar bilan kiyinishda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini kreativ tarzda namoyon etishdi.