Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘i hududidagi “Kinoteatr” binosida Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan chop etilgan “Men ham harbiy boʻlaman” kitob-albomining taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, yoshlar, harbiy xizmatchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar mazkur kitobning yaratilish tarixi, ahamiyati, unda jamlangan maʼlumotlar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Mazkur kitobda tarixiy ajdodlar koʻrsatgan jasoratlari yangi vizual tasavvur ulashishi uchun boy tarixiy maʼlumotlar va suratlar aks ettirilgan.
Shuningdek, kitobning ushbu nashri taʼlim muassasalariga va harbiy xizmatchilarga tarqatiladi.