O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga asosan Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligidagi tuman ishchi guruhi tumanning Sa’diy Sheroziy va Xurshid mahallalarida aholining ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarini manzilli bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda.
Xususan, bugun tuman hokimi tomonidan Sa’diy Sheroziy va Xurshid mahallalaridan 40 ta xonadon tanlab olinib aholi muammolarini hal etish, bandlikni ta’minlash, murojaatlarni bartaraf etish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, shuningdek ularni kambag‘allikdan chiqarish uchun tegishli dastur ishlab chiqilishi hamda tumandagi tashkilot rahbarlariga manzili biriktirilishi belgilab olindi.