...
06.02.2024
130 marta o'qildi

“Mahalla-jamiyatimizning yorug‘ yuzi va vijdoni ko‘zgusi”

Bugun erta tongdan tumanning barcha mahallalarida davlat madhiyasi yangrab, mahalla faollari vatanparvarlik ruhida ish faoliyatini boshlashdi.
Jumladan, tuman 1-son kasb-hunar maktabida “Ma’dankon” mahalla raisi, tuman IIB voyaga yetmaganlar bo‘yicha mas’ul xodim I.Dobilov ishtirokida o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tumanning “Billur”, “Mehr-shavqat”, “Yoqutli bog‘” hamda “Bog‘iobod” mahallalarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “Sebzor” mahallasidagi 38-sonli umumta’lim maktabida davomat va tartib intizomga amal qilish bo‘yicha o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazildi.

“Buyrapo‘sh” mahallasida homiylik asosida yangi transformator olib kelindi.

Sa’diy Sheroziy mahallasi tomonidan mahalladagi yer masalasidagi va oilaviy masaladagi kelishmovchiliklar o‘rganildi.



0 izox
Izox qoldirish
Saytimizning yangi talqini sizga yoqdimi?